Saloh - APLda oyning eng yaxshi futbolchisi

Omonjon To`xtamirzayev
10 noya 2023
"Liverpul" yetakchisi Muhammad Saloh APLda o'tgan oyning eng yaxshi futbolchisi deb tan olindi.

Misrlik ushbu sovrinni beshinchi bor qo'lga kiritdi va Ueyn Runi hamda Robin van Persi bilan tenglashib oldi. Salohdan ko'proq APLda oy futbolchisi nomiga faqatgina Stiven Jerrard, Krishtianu Ronaldu (har ikkisi - 6 martadan), Serxio Aguero va Xarri Keyn (har ikkisi - 7 martadan) ega chiqqan.



Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: championat.asia