

Ushbu uchrashuvdan so'ng “temiryo'lchilar” futbolchisi Salim Mustafoev o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
“Bunyodkor” chempionatimizda o'z darvozasidan kam gol o'tkazgan jamoa hisoblanadi. Raqib jamoa himoyasini yorib o'tishga qo'limizdan kelgancha harakat qildik. Himoyani unutmagan holda hujumga o'tdik. Ushbu uchrashuv derbi maqomiga ega bo'lgani uchun g'alaba qozonishga intildik.
Birinchi bo'limda biz qarshi hujum taktikasini qo'llagan bo'lsak, raqiblarimiz ikkinchi bo'limda oldinga o'tishga majbur bo'lishdi. Raqib jamoa hujumga o'tganda gol urishimiz uchun imkoniyatlar paydo bo'ldi va ulardan faqat bittasini golga aylantira oldik.
Bugungi o'yinga ob-havo ta’sir o'tkazmadi, deb o'ylayman. Chunki o'yin boshlanishidan oldin maydon qordan tozalangan edi. Agarda qor bo'lganda ta’sir o'tkazdi deb aytsa bo'lardi”, - deydi “Lokomotiv” klubi futbolchisi Salim Mustafoev.
Jahongir Sotvoldiev



