"Salernitana" rahbariyati "Atalanta"dan uchralgan 2:8 hisobidagi mag'lubiyatdan so'ng murabbiyni iste'foga chiqardi

Оқил Абдубарноев
16 yanv 2023
"Salernitana" bosh murabbiyi Davide Nikolani iste'foga chiqarildi.

Bu haqda Italiya klubi sayti xabar berdi. Kecha "Salernitana" Italiya chempionatining 18-turida "Atalanta"ga yirik 2:8 hisobida mag'lub bo'ldi.

"Salernitana" A Seriyada 18 turdan keyin 18 ochko to'plagan holda 16-o'rinda bormoqda. Oktyabr oyidan beri klub biror marta g'alaba qozona olmadi. O'shandan beri jamoa 4 ta mag'lubiyat va 2 durang qayd etgan.

Davide Nikola "Salernitana"ni 2022 yilning fevralida qabul qilib olgan va o'tgan mavsum jamoaning quyi ligaga tushib ketmasligida yordam bergandi.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: ussalernitana1919.it