A Seriya. Zaxiradan tushib dubl qayd etgan Shomurodov "Salernitana"ga qarshi bahsda "Kalyari"ga 3 ochko taqdim etdi!

Alisher
9 mar 2024
Italiya A Seriyasi 28-tur doirasidagi "Kalyari" - "Salernitana" o'yini bo'lib o'tdi.

"Kalyari" "Salernitana" (4:2) ustidan g'alabaga erishdi. E'tiborlisi, ushbu g'alabaga yaqinda jarohatidan so'ng safga qaytgan Eldor Shomurodov katta hissa qo'shdi. Ikkinchi taym boshida zaxiradan o'yinga qo'shilgan hamyurtimiz 51 va 76-daqiqada gol kiritgan holda jamoasining g'alabasini taminladi.


"Kalyari" - "Salernitana" 4:2

Gollar: Lapadula (12), Gaetano (40), Shomurodov (51, 76) - Kastanos (56), Maggiore (58).

"Kalyari": Skuffet, Dzappa, Mina, Dossena, Audjello, Veteska, Nandes (Viola, 66), Yankto (Acci, 66), Deyola, Makumbu, Gaetano (Shomurodov, 46), Lapadula (Oristanio, 66).

"Salernitana": Ochoa, Dzanoli (Sambiya, 74), Fasio, Manolas (Pirola, 46), Bradarich, Bashich, Kandreva, Kastanos, Kulibali (Gomis, 74), Madjore, Tshauna, Veysman (Nvankvo, 65).

Ogohlantirish: Audjello (70), Kastanos (73), Sambiya (85).


ITALIYA A SERIYASI TURNIR JADVALI



AlisherMuallif
Manba: championat.asia