

Fransiyalik yarim himoyachi Frank Riberi faoliyatini "Salernitana"da davom ettiradi.
So'nggi ikki mavsumni "Fiorentina"da o'tkazgan 38 yoshli yarim himoyachi ertaga tibbiy ko'rikdan o'tadi va shartnoma imzolaydi.
Shuningdek, 22 yildan so'ng A Seriyaga qaytgan "Salernitana" himoyachi David Luizni qo'lga kiritmoqchi, klub futbolchi bilan yaqin orada muzokara o'tkazadi.
34 yoshli braziliyalik futbolchi shu yilning iyun oyida "Arsenal"dan ketganidan buyon erkin agent hisoblanadi.



