

Birinchi marta Nikola 16 yanvar kuni "Atalanta"ga 2:8 hisobida imkoniyat boy berilgach, iste'foga chiqarilgandi. Bu voqeadan 48 soat o'tib 49 yoshli murabbiy klub prezidenti Danilo Iervolino bilan suhbatdan keyin ishga qaytgandi.
A Seriyaning keyingi 4 o'yinida 3 mag'lubiyat qayd etilgach, Nikolaga ikkinchi bor chiqish eshiklari ko'rsatildi.
"Salernitana" Nikolaga minnatdorchilik bildirib, professional faoliyatida omad va zafarlar tilab qoladi", – deyiladi klub xabarida.
A Seriyada 16-o'rinni egallab turgan "Salernitana"ning yangi bosh murabbiyi sifatida Paulu Souza tayinlandi.



