

Oldinroq rimliklar Misr terma jamoasi futbolchisini 34 mln. evroga sotmagan edi.
Ma'lumotlarga ko'ra, 24 yoshli futbolchi mersisaydliklar bilan shaxsiy kelishuvga erishdi. "Liverpul" Salaxga har yili 4,5 mln. evro to'lashga tayyor.
"Roma" yarim himoyachini 40 mln. evroga baholamoqda, ammo 35 mln. evro va bonuslarga ko'nishi mumkin.
Yakunlangan mavsumda Salax A Seriyaning 31 ta uchrashuvida 15 ta gol urdi va 11 ta golli pas berdi.



