Salaning do'sti: "Emilianoning yo'qolishida aybdor bor"

Aslanov Jasurbek
5 fev 2019
"Kardiff Siti" hujumchisi Emiliano Salaning do'sti Maksimiliano Duarte forvard yo'qolishida futbolchining agenti Villi Makkeyni aybladi.

"Buning ortida katta haqiqat yashiringan va bu voqeada aybdor bor. Emiliano hech qachon bu samolyotga chiqmagan bo'lardi. U professinal futbolchi bo'lgani va uchish uning vazifasiga kirgani uchun bu ishni qilgan" - deydi Salaning do'sti.

Duartening takidlashicha, Salani 21 yanvar kuni uchishga majbur qilishgan. Emiliano do'stining so'zlariga ko'ra, shaxsan u futbolchiga uchmaslikni maslahat bergan, chunki buning uchun kerakli sharoitlar yaratilmagan edi.

Qidiruv guruhi Sala uchgan samolyot bo'laklari orasidan jasad topdi


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: America Noticias