

Qishki transferlar oynasi oralig'ida “Loko” allaqachon bir necha nafar futbolchilar bilan shartnoma tuzishga ulgurdi. Bugundan e'tiboran esa “Lokomotiv” safida to'p suradigan tajribali yarim himoyachilar soni yana bir nafarga ko'paydi. Ilgari “Buxoro” klubi sharafini himoya qilgan yarim himoyachi Salamat Qutiboev “Lokomotiv” a'zosiga aylandi. O'zaro kelishuvga ko'ra tomonlar 2 yilga mo'ljallangan shartnomaga imzo chekishdi.
Ta'kidlab o'tamiz, shu paytga qadar “Lokomotiv” o'z safiga Murod Bobojonov, Muhammad Kone, Gnoxore Krizo, Shuhrat Muhammadiev va Diyor Turopov kabi o'yinchilarni qo'shib olgan edi.



