Salah "Liverpul"da ketma-ket 3 mavsumda 20tadan ortiq gol urgan Ouendan keyingi ilk o'yinchi

Alisher
7 mar 2020
"Liverpul" hujumchisi Muhammad Salah APL doirasidagi "Bornmut" (2:1, birinchi taym)ga qarshi o'yinda gol urdi.

Bu uning joriy mavsum "Liverpul" safidagi 20-goli. Shunday ekan, 27 yoshli misrlik futbolchi ketma-ket uch mavsumdan beri "qizillar" safida 20 va undan ortiq gol urgan ilk o'yinchiga aylandi.

Salah o'tgan mavsumda 27ta gol, 2017/18 yilgi mavsumda esa 44ta gol urgan edi.

Salah "Liverpul" safida Maykl Ouendan keyin muvaffaqiyatga erishgan ilk o'yinchiga aylandi.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/SkySportsStatto