Saka va Jezus "Bornmut"ga qarshi o'yinda jarohat oldi

Omonjon To`xtamirzayev
2 okt 2023
"Arsenal" ustozi Mikel Arteta "Bornmut"ga qarshi bellashuvda (4:0) jarohat olgan jamoa a'zolari Bukayo Saka va Gabriel Jezusning holati haqida gapirdi.

Saka ikkinchi bo'limda oqsoqlagancha maydonni tark etdi. Jezus esa o'yin oxirida tizzasida og'riq his qilgandi.

"Saka ancha qattiq zarbani qabul qilib oldi. Uning holatini aniq bilmayman, u bilan bemalol gaplashishga imkon bo'lmadi. Jezus? U oqsoqlanayotgandi va oyog'idagi og'riq tufayli o'zini yaxshi his qilmayotgandi. Biroq aniq bir nima deyish uchun tibbiy tekshiruv natijalarini kutishimiz kerak bo'ladi". 


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: mirror.co.uk