

Bu "kanonirlar" chempionlikka intilishi mumkinligi haqidagi mish-mishlarni yana bir bor kuchaytirdi, ammo jamoa yetakchisi Bukayo Saka buni jiddiy qabul qilmasligini ta'kidladi.
"Arsenal" vingeri jamoa har bir o'yinda g'alaba qozonishi kerakligini va hammasini vaqt ko'rsatishini bildirdi.
"Biz shunchaki har bir o'yinda g'alaba qozonishimiz kerak. Diqqat-e'tiborni jamlagan holda maydonga tushsak, keyin bu bizni qaerga olib borishini ko'ramiz. Odamlarning gaplariga ta’sir ko'rsatolmaymiz, chunki bugun ular bir narsani, ertaga esa boshqa narsani muhokama qiladi. Odamlarning biz haqimizdagi fikrlari ob-havo kabi o'zgaradi. Eng muhimi - kiyinish xonamiz, poydevorimiz va o'zimizga bo'lgan ishonch", – dedi Saka.



