

22 yosh 95 kunligida ushbu natijaga erishgan "Arsenal" vingeri bu boradagi reytingda 5-o'rinda qayd etildi.
Bu natijani qayd etish borasida eng yosh futbolchi Ueyn Runi bo'lgan. U 21 yosh 67 kunligida APLda 150-uchrashuvini o'tkazgan.
Shuningdek, kuchli to'rtlikda Sesk Fabregas (21 yosh 210 kun), Jeyms Milner (21 yosh 310 kun) va Rahim Sterling (22 yosh 87 kun) kabi futbolchilar qayd etilgan.



