

Uzoq davolanishdan keyin safga qaytgan Pol Pogba yana jarohat oldi. Klub matbuot xizmati bergan xabarga ko'ra, futbolchi yakshanba kungi mashg'ulotlar vaqtida mushaklarida muammo his qilgan.
Qo'shimcha qilish lozimki, Pogba Yevropa Ligasi 1/8 finali doirasida “Frayburg”ga qarshi o'yindan oldingi jamoaviy tayyorgarlik jarayoniga kech qolgani tufayli qaydnomadan chiqarilgandi.



