Sabaleta Agueroning "Barselona"ga ehtimoliy o'tishi Messi sabab bo'layotganini aytdi

Alisher
14 mar 2021, 07:02
Lionel Messining Argentina terma jamoasidagi sobiq sherigi Pablo Sabaleta Serxio Agueroning "Barselona"ga ehtimoliy transferi kataloniyaliklar sardorining klubda qolishi uchun qilinmoqda.

"Ularda saylovlar bo'ldi va endi yangi prezident bor. Laportaning Messini qoldirishga ko'ndirmoqchi ekanligi tushunarli. Bunga katta ta’sir ko'rsatadigan omillardan biri - uning eng yaqin do'sti Aguero bilan shartnoma imzolash.

Agar fikrimni so'rasangiz ayta olamanki, "Barselona"in Messisiz tasavvur qilish juda ham qiyin", - deydi Sabaleta.

Aguerning "Manchester Siti" bilan tuzgan shartnomasi yozda yakuniga etadi.


AlisherMuallif
Manba: AS