Ryudigerning qancha muddatga safdan chiqqani ma'lum

Omonjon To`xtamirzayev
3 fev 2025
"Real Madrid" La Liga 22-turi doirasida safarda "Espanol"ga qarshi bahs olib bordi.

"Real" markaziy himoyachisi Antonio Ryudiger ushbu bahsning boshida jarohat olib, o'yinni davom ettira olmadi. Natijada, 15-daqiqada uning o'rnini Raul Asensio egalladi. 

Germaniyalikda o'ng oyoq son mushaklarining shikastlanishi aniqlangan. Tibbiy tekshiruv natijalariga ko'ra, Ryudiger kamida 3 haftaga safdan chiqqani ma'lum bo'ldi.  

Eslatib o'tamiz, endi Ryudiger YCHL pley-off doirasida "Manchester Siti"ga qarshi o'yinlarda jamoasiga yordam bera olmaydi.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: Relevo