Ryudiger: "Umid qilamanki, Verner o'zining kuchli tomonlarini "Real"ga qarshi emas, balki Jahon chempionatida ko'rsatadi"

Sherzod Nurmatov
25 okt 2022
"Real" himoyachisi Antonio Ryudiger Chempionlar Ligasi doirasidagi "Leyptsig"ga qarshi o'yindan kutayotgan umidi bilan o'rtoqlashdi.

"O'yindan oldin "Leyptsig" futbolchilari bilan bog'langanim yo'q. Bu men "Shtutgart"da birga o'ynagan Timo Verner darajasidagi futbolchilarga ega ajoyib jamoa. Uning kuchli tomonlarini hammamiz bilamiz. Umid qilamanki, u ularni... Jahon chempionatida ko'rsatadi. Ertaga emas!", – dedi Ryudiger.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: uefa.com