Ryudiger Tuxel haqida: "Qayg'uli. Unga o'yinchilar sotib olib, bir necha o'yindan so'ng bo'shatib yuborishdi"

Aziz Tukhtamuradov
22 sen 2022
Antonio Ryudiger Tomas Tuxelni "Chelsi" bosh murabbiyligidan iste'foga chiqarishgani haqidagi savolga javob qaytardi.

"Tuxelga o'yinchilar sotib olib berishadi va bir necha o'yindan so'ng bo'shatib yuborishadi. Bunday tezlik meni hayron qoldirdi. 

Uni bo'shatib yuborishgan kun men uchun qayg'uli bo'ldi. O'shanda Tomasga yozib, barchasi uchun minnatdorchilik bildirgandim. U doimo yonimizda bo'lgandi. Bu nafaqat menga, balki "Chelsi"ning barcha futbolchilariga tegishli.

Ortga nazar tashlasak, u jamoamiz bilan imkonsiz ishni amalga oshirgandi. Ammo bilasizmi, futbolda shunaqasi ham bo'lib turadi. Bugun sen qahramonsan, ertaga esa mahluqqa aylanasan", - dedi "Chelsi" sobiq futbolchisi. 

Eslatib o'tamiz, Ryudiger bugungi kunda "Real"da to'p tepmoqda. 


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: Sport1.de