Ryudiger: "Nima, afrikaliklar hayvonlarmi?! Uyat senlarga!"

"Chelsi" himoyachisi Antonio Ryudiger silga qarshi ishlatiladigan vakcinani koronavirus uchun ham sinab ko'rish variantini Afrikada amalga oshirish haqidagi g'oyadan xabar topgach, o'z jahlini tiyib turolmadi.

"Bu yigitlarga munosib so'z topish ancha vaqtimni oldi. Nima, afrikaliklar Hayvonlarmi?! Uyat senlarga!

Bu irqchilikning yuqori darajasi va barcha qora tanlilarga nisbatan yangragan dahshatli bayonot. Buni qanday qilib francuz televideniyasida namoyish qilish mumkin?" – deb yozdi Ryudiger o'zining "Tvitter"dagi shaxsiy sahifasida.

Sinov g'oyasini Fransiyaning LCI telekanali orqali efirga uzatilgan dasturda professorlar Jan-Pol Mira va Kamil Loxt ilgari surgan.

"Bu sinovlarni nega Afrikada o'tkazmasligimiz kerak. Axir u erda niqoblar, dori va reanimaciya choralari yo'qku?

Bu OITSga qarshi kurashning bir qismi sifatida olib borilgan tadqiqotga o'xshaydi. Biz sinovlarni fohishalarda o'tkazamiz, chunki ular himoyalanmaga va kasallikka moyil", – deydi doktor Mira.

"Siz haqsiz. Endi buni Afrikada parallel ravishda o'rganish haqida o'ylashimiz kerak", – deb javob qaytardi doktor Loxt.


Manba: twitter.com/ToniRuediger