Rustam Turdimurodov sobiq klubiga qaytmoqda

8 avg 2026, 21:20
“Paxtakor” o'yinchisi Rustam Turdimurodov faoliyatini ijara asosida “Andijon”da davom ettiradi.

Bu haqda jurnalist Tolibjon Qosimov xabar bermoqda.

"Andijon" keyingi turdagi "Neftchi"ga qarshi vodiy derbisi oldidan tarkibni kuchaytirib olmoqda.

Rustam Turdimurodov mavsum oxiriga qadar "Andijon"da ijara asosida to'p tepadi. Tomonlar o'zaro kelishib olishdi. Hujumchi erta-indin vodiyga yetib boradi”, - deb yozadi u.

Eslatib o'tamiz, Turdimurodov bunga qadar ham “Andijon”da ijara asosida harakat qilgan.

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia