

"Fikrimcha eng yaxshi murabbiy bu - "Nasaf" jamoasi bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev. Uning klubi doim barqaror o'ynayapti. Jamoa akademiyasi ham yaxshi ishlamoqda. Murabbiy u yerdagi istedodlarni asosiy tarkibga kiritayapti va ularga ishonch bildirayapti.
Ro'ziquldan oldin "Nasaf"da nomdor murabbiylar ishlashgan. Berdiev ulardan kerakli saboqlarni olgan. Endi esa aql bilan ish yurityapti. Zamonaviy tarzda o'z ishini yo'lga qo'ya oldi. Shu bois ham Berdievni eng yaxshi murabbiy deb hisoblayman. Bungacha ham u bir marta eng yaxshi murabbiy bo'lgan. Futbolchilardan esa men uchun eng yaxshisi Temurxo'ja Abduxoliqov", - deydi Rustam Akramov "Futbol Ekspress" gazetasiga.




