

Shanba kuni mersisaydliklar "Enfild"da "Nottingem Forest"ga yirik hisobda yutqazdi – 0:3.
"Slot o'rnida bo'lsam, men jamoaga ta’sir ko'rsatadigan muhim qaror qabul qilishga jurat qilardim. Saloh himoyada yordam bermaydi.
Agar siz jamoaga yangi kelgan o'yinchi bo'lsangiz va zaxirada o'tirib, uning ortiga qaytmasligini ko'rsangiz qanday signal qabul qilasiz?
Ular og'ir davrni boshdan kechiryapti, shunday emasmi? Balki Jota bilan sodir bo'lgan voqea ularga ta’sir qilgandir. Bu albatta o'z izini qoldiradi. Lekin bu ularning kurashmasligi va hujumlarni to'xtatmasligiga bahona bo'la olmaydi. Menimcha, Slot oldida ularga o'yinni va g'alabalarni qaytarish bo'yicha katta ish turibdi.
Eng muhimi – hozirgi natijalardan keyin doim Yurgen Klopp yodga olinadi. Bu biroz ser Aleks Fergyuson davrini eslatadi. Masalan, "Manchester Yunayted"ga Devid Moyes yoki van Gal kelganida ham Fergi ismi doim tilga olinardi. Slotga nisbatan ham shunday – "u Yurgen Klopp emas, u Kloppdek yaxshi emas" deyishadi. Ammo menimcha, "Liverpul" muxlislari buni qo'yib, Slotga yordam berishlari kerak", – dedi Runi.



