Runi: "Men faqatgina bir o'yinda bosh murabbiy bo'laman"

Mirjalol Normatov
15 noya 2020
"Derbi Kaunti" sardori va o'ynovchi murabbiyi Ueyn Runi murabbiylar shtabidan Filipp Kokuning iste'foga chiqarilgani borasida gapirdi.

"Ayni damda asosiy maqsad - tarkibni barqarorlashtirib, turnir jadvalida yuqoriga chiqib olish. Menga faqatgina oldindagi bir o'yinda bosh murabbiy bo'lib turishimni so'rashdi. Dushanba kuni murabbiylar va futbolchilar bilan bu borada gaplashib olamiz", - dedi 35 yoshli hujumchi.

"Derbi" navbatdagi uchrashuvini 21 noyabr kunida "Bristol Siti" jamoasiga qarshi o'tkazadi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal