

Hujumchi uchrashuvning 53-daqiqasida sariq kartochka olgandi. 85-daqiqada g'alaba golini urganidan keyin u golni libosini echgan tarzda nishonladi va ikkinchi sariq kartochkasini olib, maydondan chetlatildi.
"U goldan keyin hissiyotlarini boshqara olmadi. Menimcha u bundan afsuslangan bo'lsa ham kerak. Buni oqlay olmayman, albatta, bu ahmoqona harakat.
So'nggi yillarda gollarni VAR tekshiruvidan keyin nishonlash kerak bo'lmoqda. Biroq bunday hissiyotlarni yana ko'rish yoqimli bo'ldi", - dedi Runi.



