Rummenigge Tiagoning transferini tasdiqladi: "Bavariya" oxir-oqibat "Liverpul" bilan kelishuvga erishdi"

Alisher
17 sen 2020
"Bavariya" boshqaruv raisi Karl-Xaync Rummenigge myunxenliklar xavbeki Tiago Alkantaraning "Liverpul"ga o'tayotganini tasdiqladi.

"Tasdiqlashim mumkinki, "Bavariya" oxir-oqibat "Liverpul" bilan kelishuvga erishdi. Tiago faoliyatining yakuni oldidan yangilik qilishni juda xohladi", - deydi Rummenigge.

Oldinroq ma'lum bo'lganidek, mersisaydliklar 29 yoshli ispaniyalik futbolchi uchun 30 million evro to'lashadi.

Eslatib o'tamiz, "La Masiya" tarbiyalanuvchisi "Bavariya"ga 2013 yilda "Barselona"dan o'tgan edi.


AlisherMuallif
Manba: Bild