Rummenigge: "Bundesliga uchrashuvlari dushanba kuni? Muxlislar manzilda adashishdi"

Aslanov Jasurbek
8 apr 2016, 13:45
"Bavariya" boshqaruv qo'mitasi raisi Karl-Xaync Rummenigge klub muxlislari tanqidiga javob berdi.

Oldinroq nemis OAV Rummenigge Germaniya chempionati uchrashuvlari dushanba kuni bo'lishiga rozi ekanligini haqida e'lon qilgan edi, ammo mutaxassisning fikricha, ushbu g'oya egasi u emas.

"Muxlislar tanqid borasida manzilda adashishdi. G'oya muallifi Germaniya futbol ligasi (DFL) hisoblanadi. Ammo DFLni ham tushunaman, gap faqat moliyaviy tomon emas, bakli texnik jihatlar haqida ham ketyapti" - deydi Rummenigge.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: FAZ