

Ushbu bahs oldidan “NBU-Osiyo” jamoasi bosh murabbiyi Rufat Akramxo'jaev uchrashuv oldidan savollarimizga javob berdi.
-“NBU-Osiyo” 7ta o'yinda ketma-ket g'alaba qozondi. Bu qanchalik qiyin bo'ldi?
-Har bir uchrashuvga xuddi so'nggi bahsdek chiqamiz. Safarda har safar g'alaba qozonish juda ham og'ir, lekin maroqli. Mashg'ulotda nima qilgan bo'lsak o'yinlarda mana shuni amalga oshiryapmiz.
-“Xorazm” bilana o'yindan nima kutyapsiz?
-Bugun kimda ko'proq g'alabaga bo'lgan ishtiyoq yuqori bo'lsa o'sha jamoa zafar quchadi.
-Bunugi raqibinglar o'z uyida mag'lubiyatga uchramayapti. Bu sizlar uchun o'yindan oldin bosim o'tkazadimi?
-Bizga bosim o'tkazmaydi. Sababini boya aytib o'tdim. Kuni kecha “Xorazm” jamoasining o'yinlari yozilgan diskni ko'rib chiqqanman va shogirdlarimga ularga qarshi qanday o'yin o'tkazish kerakligi to'g'risida ko'rsatmalar berganman.
Jahongir Sotvoldiev suhbatlashdi



