"Rubin" - "Bunyodkor". Muxlislarga iftorlik tashkil qilinadi

Aslanov Jasurbek
20 apr 2021, 13:37
Xabaringiz bor, bugun Soca Cola O'zbekiston Kubogi o'yinlari start oladi.

Musobaqani "E" guruhida boshlaydigan "Qaldirg'ochlar" 1-turda "Rubin"ga qarshi maydonga tushadi. "Bunyodkor" stadionida bo'lib o'tadigan bellashuv bugun soat 18:30da boshlanadi. "Bunyodkor" futbol klubi muborak Ramazon oyi munosabati bilan xalqimizni, barcha mo'min-musulmonlarni tabriklab, quyidagilarni ma'lum qiladi. Bugungi o'yinni bevosita "Bunyodkor" stadionida tomosha qilishni maqsad qilgan ishqibozlarga iftorlik uchun eguliklar tarqatiladi. Shuningdek, stadionimizda muxlislarga shom namozini o'qishlari uchun namozxona tashkil qilindi.

Eslatib o'tamiz, bugun, 20 aprel kuni taqvimga ko'ra iftorlik vaqti 19:10da.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: "Бунёдкор" матбуот хизмати.