Ruben Amorim: "Yakshanba haqida o'ylashimiz kerak"

Mirjalol Normatov
8 mar 2025
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ruben Amorim APLda "Arsenal"ga qarshi o'yindan oldin futbolchilarida charchoq yuqori darajada ekanligini aytdi.

Kecha mankunianliklar Yevropa ligasining 1/8 finali doirasida "Real Sosedad" bilan durang qayd etdi. Yakshanba kuni jamoa o'z maydonida "Arsenal"ga qarshi o'ynaydi.

"Arsenal"ga qarshi o'tadigan yakshanba kungi o'yin haqida o'ylashimiz kerak. "Real Sosedad"ga qarshi o'yinning so'nggi 20 daqiqasida jamoam qattiq charchab qoldi.

Bugun mashg'ulotda qatnashadigan istalgan futbolchi o'yinda qatnashishi mumkin", - dedi Amorim.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: BBC