15:00 da boshlanadigan uchrashuvda o'z vaqtida O'zbekistonning yetakchi futbolchilari deb etirof etilgan faxriylarimiz ishtirok etishadi.
Faxriylar o'rtasida O'zbekiston Futbol Federatsiyasi kubogi 2-etap o'tish bahsi javob uchrashuvida mashhur faxriy futbolchilarning o'yinlarini jonli kuzatish imkoniyatiga ega bo'lamiz. Jumladan, Jizzax faxriylar jamoasi tarkibida Shavkat Axmadjonov, Farxod Yo'ldoshev, Shuhrat Yo'ldoshevlar to'p surishsa, Qashqadaryo faxriylar jamoasi sharafini Vali Sultonov, Bahodir Annamatov(“Nasaf” o'rinbosarlar murabbiylari), Shuhrat Toshpo'latov(“Nasaf” yordamchi murabbiyi), Dadajon Tog'aev(“Nasaf” FM murabbiyi), Vali Keldiev(“Mashal” o'rinbosarlari murabbiyi), Konstantin Smirnov(QDU o'qituvchisi), Zoir To'raqulov(“Sho'rtan” bosh murabbiyi) hamda o'z vaqtida qashqadaryolik futbol muhlislarining yoqimtoyiga aylangan Ro'ziqul Berdiev(“Nasaf” bosh murabbiyi)lar himoya qilishadi.
Eslatib o'tamiz, ushbu jamoalar o'rtasidagi Zomin tumanida o'tkazilgan dastlabki uchrashuvda Asror Xo'jaev boshchiligidagi Qashqadaryo faxriylar jamoasi 4:3 hisobida mag'lubiyatga uchrashgan edi. Ikki o'yin natijasiga ko'ra g'olib jamoa 2013 yil 26-27 oktyabr kunlari Toshkent shahrida bo'lib o'tadigan yakuniy bosqichda ishtirok etadi.
Olim Tolipov