Ro'ziqul Berdiev: “Yigitlarga ko'rsatayotgan o'yinlari uchun rahmat aytaman”

Aziz Tukhtamuradov
23 okt 2018, 23:03
“Nasaf” – “So'g'diyona” (3:0) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida mezbon jamoa bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev o'yin haqidagi fiklari bilan o'rtoqlashdi.

Ro'ziqul Berdiev: Yigitlarga bugungi o'yin uchun rahmat aytmoqchiman. Ular ko'rsatmalarimizni yaxshi bajarishdi. Bugun maydonga tushgan futbolchilarimiz erkin harakat qilishdi. Borgan sari o'zlariga bo'lgan ishonch ham ortmoqda. Aslida maqsadimiz ham shu. Yani, futbolchilarimizni  ruhiy va taktik jihatdan mahoratini oshirish. 

Menimcha, maqsadimizga asta-sekin erishayapmiz. Bunga keyingi o'yinlarimiz va qo'lga kiritayotgan natijalarimiz misol bo'la oladi. Bugungi uchrashuvda biz raqibimizdan har tomonlama ustunlik qildik. O'ylaymanki, bugungi g'alabamiz bilan muxlislarimizni xushnud eta oldik. Asosiy maqsadimiz ham shu!Albatta, to'xtashga hech qanday haqqimiz yo'q. Biz navbatdagi o'yinlarga ham qattiq tayyorgarlik ko'ramiz. 


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: fcnasaf.uz