Roys himoyaga ko'proq yordamlashishga vada berdi

Tolibjon Qosimov
23 noya 2016, 11:33
"Borussiya" (Dordmund) yarim himoyachisi Marko Roys YCHL 5-turi doirasida "Legiya"ga qarshi o'yinda dubl muallifiga aylandi.
Ana shu uchrashuvdan so'ng futbolchi jamoa uchun himoyaga ko'proq yordam berishini aytib o'tdi.

"Maydonga asosiy tarkibda tushganimdan va jamoaga yordam berganimdan xursandman. Qaytishimni aynan mana shunday tasavvur qilgan edim. Buning uchun juda ko'p ishladim. Endi g'alabadan va gollarim bilan unga qo'shilgan hissadan ajoyib tuyg'ularni sezyapman. Bu men uchun muhim qadam.

O'yin haqida nima deyishim mumkin? Shunisi aniqki, himoyalanish ustida ishlashimiz kerak", - deydi Roys.

"Borussiya" - "Legiya" uchrashuvi 8:4 hisobida yakunlandi.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: uefa.com