Roy Kin: "Ilgari durangdan so'ng "Manchester Yunayted"ga nisbatan hushtakbozlik qilishardi, endi esa olqishlashmoqda"

Sherzod Nurmatov
10 mar 2025
"Manchester Yunayted" sobiq futbolchisi Roy Kin yakshanba kuni "Arsenal"ga qarshi o'yin (1:1) haqida fikr yuritar ekan, eski damlarni esladi.

Birinchi bo'lim oxirida Brunu Fernandesh "qizil iblislar"ni hisobda oldinga olib chiqdi. "Kanonirlar" "Old Trafford"da Deklan Raysning 74-daqiqada urgan goli evaziga mag'lubiyatdan qutulib qoldi.

"Oldinlari duranglardan so'ng bizga nisbatan hushtakbozlik qilishardi – o'shandan beri vaziyat qanday o'zgarganiga qarang. Hozir jamoani olqishlashyapti. Bu hozirgi "Manchester Yunayted" uchun munosib durang", – dedi Kin.

Ruben Amorim shogirdlari APL turnir jadvalida 34 ochko bilan 14-o'rinda bormoqda.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: United Stand