

"Van Galni "Manchester Yunayted"da muvaffaqiyat kutib turibdi. Bu borada hech qanday shubham yo'q. Uning qo'l ostidagi birinchi mashg'ulotdan so'ng u g'olib murabbiy ekanligini bilganman. U juda talabchan. Van Gal faqat jamoani kuchaytirish haqida o'ylamaydi, u seni shaxs sifatida ham rivojlantiradi. U tufayli kuchliroq futbolchiga aylandim. Talabchanlik - bu haqiqiy g'olibning sifati va tez orada "Manchester Yunayted" uning qo'l ostida sovrinlar qo'lga kiritadi" - deydi Roxo.



