Rovshan Meredov: "Bunday turnirlar orqali nimalar qo'shishimiz kerakligini ko'rib olyapmiz"

Iskandarov Abdulaziz
30 avg 2025
Turkmaniston "CAFA Nations Cup-2025" turnirining ilk bahsida Qirg'iziston bilan to'qnash keldi.

Uchrashuvdan so'ng Turkmaniston bosh murabbiyi Rovshan Meredov fikrlari bilan o'rtoqlashdi. 

"Qiziqarli o'yin bo'ldi. Gol urdik va tezkor javob oldik. Ishlaydigan jihatlarimiz bor. Keyingi o'yingacha to'g'irlashimiz kerak vaziyatlar etarlicha. G'alaba qozonishni istagandik. Vaziyatlarimiz bo'ldi, foydalana olmadik. Hozir bunday turnirlarda nimalar qo'shishimiz kerakligini ko'rib olmoqdamiz, chunki oldinda Osiyo Kubogi saralashi bor. 

Raqib murabbiyining fikrlariga to'liq qo'shilaman. Maydon to'p bilan muomala qilishda ta’sirini o'tkazdi. Lekin ikki jamoa ham bir xil sharoitda o'ynadi. Fakt shuki, bugun yuta olmadik. Balki boshqa maydonda bunday o'yin bo'lmasdi, ustunlik qaysi jamoa tomonida kechardi bilmadim",- deydi Rovshan Meredov.


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: Championat.asia