Rostov Shomurodov nomidagi shapkalar sotuvini yo'lga qo'ymoqda

Narzulla Saydullayev
6 may 2019, 08:32
Rostov klub logotipi tushirilgan cho'milish shapkalarini sotuvini yo'lga qo'ydi.

Ushbu mahsulot Eldorning omadli shapkalari nomini oldi.

Bu shapkalarda sizni to'xtatib bo'lmaydi, sizning boshingiz esa eng qiyin vaziyatlarda barchasini hal qiladi! – deb yozadi Rostovning tvittyerdagi rasmiy sahifasi.

Rostov Rossiya chempionaining 27-turida Krasnodarga qarshi o'yinning 89-daqiqasida mag'lubiyatdan qutulib qoldi. Ushbu golni o'zbekistonlik Eldor Shomurodov boshi bilan urdi.

Ushbu vaziyatda hujumchining boshida cho'milish shapkasi bor edi. 79-daqiqada raqib vakili Aleksandr Martinovich bilan to'qnashuvdan so'ng shifokorlar Shomurodovga shapka kiydirishga qaror qilishgandi.




Video. Eldor Shomurodovning "Krasnodar"ga urgan ajoyib goli


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: twitter.com/rostovfc