"Rostov" PR-direktori ishdan ketdi. Karpin ham ko'plab futbolchilar qatori ketishi mumkinligini aytib o'tdi

Alisher
14 noya 2019
"Rostov" bosh murabbiyi Valeriy Karpin moliyaviy muammolar sabab klubdan ketishi mumkinligini aytdi.

"Ha, agar klub prezidenti Artashes Arutyunyanc va sport direktori Aleksey Riskinlar ham ketishsa, ko'p futbolchilar qatori men ham ketaman. Menga klub ham jamoa yoqadi, shahar, ajoyib atmosfera, ajoyib muxlislar. Bularning hammasi xursandchilik bag'ishlaydi, ammo klub tashqarisidagi holatlarni hozir hisobga olishning mavridi emas. Berilgan hamma vadalar safsatadan boshqa narsa emas. Axir bu jamoa qiyinchilik bilan, ayniqsa Arutyunyanc va Riskinlarning og'ir mehnatlari tufayli yig'ildi. Endi esa bularni yo'qotish alamli bo'ladi", - deydi Karpin.

Eslatib o'tamiz, Kecha "Rostov" PR-direktori Shtanko ishdan ketgandi. Shuningdek, jamoa bosh murabbiyi va futbolchilar, jumladan Eldor Shomurodov ham jamoadan ketishi mumkinligi haqida xabar berilgan edi.


AlisherMuallif
Manba: sport-express.ru