"Rostov" hujumchisi Kiprga yo'l oladigan bo'ldi

Alisher
10 yanv 2020
Kiprning APOEL klubi "Rostov" hujumchisi Born Sigurdarsonni ijaraga oladi.

"Rostov"ning islandiyalik forvardi Kipr jamoasida joriy mavsumning so'nggiga qadar ijara asosida o'ynaydi.

Born mavsumning ilk qismida raqobatda Eldor Shomurodovga imkoniyatni boy berdi va 2ta gol urish bilan cheklandi.

Valeriy Karpin esa Sigurdarsondan ko'proq narsa kutayotgan edi. Xabarga ko'ra, tomonlar hozirda muzokaralar olib bormoqda va bitim tez orada imzolanishi mumkin.


AlisherMuallif
Manba: sport24.ru