Rossiyalik murabbiy Stanislav Korotaev: "Biz O'zbekiston terma jamoasi bilan o'ynashdan xursand bo'lamiz"

Aziz Tukhtamuradov
17 sen 2022
Rossiya o'smirlar terma jamoasi (2008 yillar) katta murabbiyi Stanislav Korotaev terma jamoasining Toshkentda o'tkaziladigan yig'ini haqida fikrlarini bildirdi.

"Bu terma jamoamizning ikkinchi yig'ini bo'ladi. Birinchisi aprel oyida Moskvada o'tkazilgandi. Endi esa Toshkentga yo'l olyapmiz. Ushbu yig'inga tarkibni RPL klublarining o'smirlar jamoasi o'rtasidagi RFI Kuboklarida qatnashmaydigan futbolchilardan shakllantirdik. Musobaqa shu kunlarda Krimskda o'z yakuniga etadi. Biz RPL klublari akademiyasida o'ynayotganlardan ko'ra, diqqat-e'tibordan chetda qolib ketayotgan yigitlarga qaratdik. Ularni O'zbekiston terma jamoasiga qarshi o'rtoqlik o'yinlarida ko'rib olamiz. 

Ayni paytda bizda raqib haqida ma'lumot kam. U jamoa ham bizniki kabi endi shakllantirilmoqda. Ammo shubhasiz, biz o'zbek futbolchilari bilan o'ynashdan xursandmiz. Xalqaro sparring - doimo yaxshi. Bu o'yinlar shakllanayotgan jamoamiz uchun juda foydali bo'ladi", - deya Korotaevning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda RFI rasmiy sayti. 


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: championat.asia