Rossiyalik milliarder "Monako"ni sotib, APL klubini xarid qilmoqchi

Aslanov Jasurbek
26 sen 2018
"Monako" egasi hisoblanuvchi rossiyalik milliarder Dmitriy Ribolovlev klubni sotish niyatida.

Ma'lumotlarga ko'ra, biznesmen monegasklarni xarid qilmoqchi bo'lganlarning taklifini ko'rib chiqishga tayyor, ammo bu qaror klubning natijalari yoki moliyaviy holatga bog'liq emas. Ribolovlev Angliya Premer-ligasi klubini sotib olishni istayotganligi tufayli "Monako"ni pullamoqchi.

Klubni ikki investor sotib olmoqchi - AQSH va BAAdan. Ushbu investorlar yaqin vaqt ichida "Monako" egasiga taklif yuborishi mumkin.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Le10sport.com