Rossiyalik futbolchi: “Ahmedov – “Real” darajasidagi o'yinchi. U va Diarra RPL tarixidagi eng yaxshi tayanch yarim himoyachilar”

Eldor Akmurzayev
16 mar 2022
“Arsenal” (Tula) sobiq a'zosi Andrey Lyax faoliyatidagi eng qiyin raqiblar haqida gapirdi.

31 yoshli xavbek 2014/15 yilgi mavsum tulaliklar sharafini himoya qilgan va hozirda “Chayka” safida o'ynamoqda.

“Yarim himoyada Pereyra, Izmaylov, Ahmedovlar bo'lgan “Krasnodar” (qiyinchilik tug'dirgan). Ular butun o'yin davomida bizni xo'rlashgan, shunchaki axvolimizni og'irlashtirishgan.

Ahmedov – “Real” darajasidagi futbolchi. Juda kuchli o'yinchi. Bubnov (Aleksandr, sobiq futbolchi va murabbiy) tomonidan etirof etilgan yagona futbolchi. Fikrimcha, Rossiyada o'ynagan eng kuchli ikki tayanch yarim himoyachi bu Odil Ahmedov va Lassana Diarra”, deydi Lyax.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: sports.ru