Rossiyaga qarshi o'yinda Rafael Gerreyruning oyog'i singan bo'lishi mumkin

Tolibjon Qosimov
22 iyun 2017, 10:50
"O jogo"ning xabar berishicha, Portugaliya terma jamoasi himoyachisi Rafael Gerreyruning chap oyog'i singan bo'lishi mumkin.

Futbolchi Konfederatsiyalar kubogining 2-turi doirasida Rossiyaga qarshi bahs (1:0)ning 66 daqiqasida almashtirilgan edi. Agar shifokorlar bugungi tibbiy ko'rikdan keyin tashxisni tasdiqlashsa, Gerreyru nafaqat KK-2017ning qolgan o'yinlarini, balki yangi mavsumning boshlanishini ham tiklanish sabab o'tkazib yuboradi.



Tolibjon QosimovMuallif
Manba: O jogo