Rossiyada APL va Angliya Kubogi teletranslyatsiyalari to'xtatiladi

Mirjalol Normatov
7 mar 2022
Rossiyada APL va Angliya Kubogi o'yinlari yaqin 24 soat ichida to'xtatilishi mumkin.

Huquqshunoslar liga rahbarlariga "Rambler Media" bilan shartnomani bekor qilish borasidagi ruxsatnomani ishlab chiqishdi. Kelishuv yana 3 oy davom etishi kerak edi. Shuningdek, ligadagilar "Match TV" bilan hamkorlikni bekor qiladi.

Oldinroq FIFA va UEFA Rossiya hamda Ukrainada faoliyat olib borayotgan futbolchilarga alohida transfer oynasi ochishi borasida ma'lumotlar tarqalgandi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal