

Uchrashuvda Sergey Kornilenko tomonidan 83-daqiqada kiritilgan gol yagona bo'ldi. E'tiborli tomoni Kornilenkoga golli pasni hamyurtimiz Vitaliy Denisov berdi. Yani, Denisovning burchak zarbasidan etkazib bergan to'pini Sergey boshi bilan "Anji" darvozasiga joylab qo'ydi. Shu tariqa, samaraliklar 7 ochko bilan turnir jadvalining ettinchi pog'onasiga ko'tarilib olishdi. Lekin, hali 12ta jamoa oltinchi tur uchrashuvini o'tkazmagan.
Rossiya chempionati
01.09.2018, 6-tur
"Samara-Arena"
"Krilya Sovetov" – "Anji" 1:0
Gol: S.Kornilenko 83
"Krilya Sovetov": Rijikov, Chicherin, Burlak, Samardjich, Vitaliy Denisov, Anton (Kornilenko, 70), Bashkirov, Chochiev (Zotov, 90), Tkachuk (Yakovlev, 86), Kanunnikov, Sobolev.
"Anji": Dyupin, Chanselor, Belorukov, Novoselcev, Savichev, Amir Muhammad (Markelov, 59), Ondua, Gigolaev (Glebov, 90), Kulik, Chaykovskiy, Ponse (Axyadov, 87).
Ogohlantirish: Chicherin (26).






Rossiya chempionati turnir jadvali >>>>> Rossiya



