Rossiya terma jamoasi sobiq a'zosi: "Rossiya OFK tarkibiga o'tmasligi kerak - biz Yevropaning bir bo'lagimiz. U erda nima qilamiz?"

Omonjon To`xtamirzayev
4 fev 2025
Sobiq futbolchi Aleksandr Mostovoyning fikricha, Rossiya Osiyo konfederatsiyasi tarkibiga qo'shilishi kerak emas.

"Osiyoga o'tish mavzusida ikki yildan buyon gaplashyapmiz va men birinchilardan bo'lib, bu noto'g'ri fikrligini aytganman.

Birinchidan, u erga bizni olishlari kafolat yo'q. Xo'sh, unda Afrikaga murojaat qilishimiz kerak bo'ladimi?!

Ikkinchidan, u erda nima qilamiz? Boshqa tomondan: biz keyin hech qachon Yevropaga qayta olmaymiz, uyoqdan-buyoqqa sakrayverilmaydiku.

Shuning uchun fikrimda qolaman, Rossiya futboli Osiyoga ketishi kerak emas, sabr qilib, barchasi o'z iziga tushishini kutish kerak.

Biz – Rossiya, kattagina aholiga ega mamlakatmiz. Va biz Yevropaning bir bo'lagimiz!" – dedi Rossiya terma jamoasi sobiq yarim himoyachisi Aleksandr Mostovoy.

Eslatib o'tamiz, futbolchilik davrida Mostovoy Ispaniyaning "Selta" klubi safida muvaffaqiyatli to'p tepgan va jamoa sardori, klub tarixida yorqin iz qoldirgan futbolchilardan biri hisoblanadi.

 


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: Sport24