Rossiya terma jamoasi futbolchilari JCH-2018dagi ishtiroki uchun hukumatdan bir rubl ham olishmaydi

Aslanov Jasurbek
5 iyul 2018, 13:19
Rossiya terma jamoasi futbolchilari jahon chempionatidagi muvaffaqiyatli ishtiroki uchun hukumatdan pul mukofoti olishmaydi.

Barcha mablag'lar FIFA tomonidan to'lab beriladi. "To'lov hozircha rejalashtirilmayapti. Futbol bo'yicha jahon chempionati boshqa sport turidagi jahon birinchiliklaridan nimasi bilan farq qiladi? Uning yakunida hukumat sportchilarga pul to'lamaydi. Olimpiada - boshqa mavzu, u yerda sport turlari ko'p" - deydi vaziyat bilan tanish kishi.

FIFA tomonidan pul ajratishga Rossiya Futbol Ittifoqi mas'ul bo'ladi. Rossiya terma jamoasi futbolchilari 16 mln. dollarlik mukofot pulini naqd qilishdi, uning yarmi RFI hisobiga o'tkaziladi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Интерфакс