Rossiya Kubogi. Jaloliddinov debyut qilgan o'yinda "Tambov" g'alaba qozondi

Alisher
21 okt 2020, 20:30
Rossiya Kubogi doirasidagi "Dinamo" (Bryansk) - "Tambov" o'yini nihoyasiga etdi.

Uchrashuvda "Tambov"ning qo'li baland keldi (0:2). "Lokomotiv" (Moskva)dan "Tambov"ga ijara asosida o'tgan Jasur Jaloliddinov bugun "bo'rilar" safida debyut qildi. Hamyurtimiz 46-daqiqada Aleksandr Kaplienkoni almashtirdi va 76-daqiqada sariq kartochka "ishlab oldi". O'yin taqdirini hal qilgan gollarga Onugxa va Soslan Takazovlar mualliflik qildi.

Shu tariqa "Tambov" o'z tarizida ikkinchi bor Rossiya kubogining 1/8 final bosqichiga yo'llanma oldi.

Dinamo (Bryansk) – Tambov 0:2 

21 oktyabr, 18.00, Dinamo

Gollar:

0:1 – 11 Onugxa, 0:2 – 85 Takazov.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: championat.asia