Rasman: Jasur Jaloliddinov - "So'g'diyona" futbolchisi

Iskandarov Abdulaziz
4 iyul 2025
Ivan Boshkovich jamoasi ham ilk transferni e'lon qildi.

O'zbekistonlik yarim himoyachi Jasur Jaloliddinov ikkinchi davrani rasman "So'g'diyona"da boshlaydi. Futbolchi Jizzax klubi bilan bir yarim yillik shartnoma imzoladi. U Ozarbayjonning "Sumqait" jamoasidan keldi. 

Jaloliddinov bunga qadar faoliyati davomida "Bunyodkor", "Lokomotiv" (Moskva), "Tambov", "Andijon", "Lokomotiv" (Toshkent), "Qayrat" (Qozog'iston), "Olimpik", "Neftchi" jamoalari libosida to'p tepgan. 

Transfermarket portali uning narxini 600 ming evroga baholagan. 


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: "Сўғдиёна" матбуот хизмати