Rossiya klubidan ketgan ukrainalik futbolchi "Manchester Siti"da mashg'ulotlar o'tkazmoqda

Aziz Tukhtamuradov
1 apr 2022, 08:11
Ukrainalik yarim himoyachi Andrey Kravchuk "Manchester Siti" tarkibida shug'ullanmoqda.

Moskvaning "Torpedo" jamoasi bilan shartnomani bekor qilgan futbolchida mavsum oxirigacha "shaharliklar" bazasida yashash imkoni bor. 

APL klubi Angliya ichki ishlar vazirligi, shuningdek Angliya futbol assotsiatsiyasidan bu bo'yicha ruhsat olgan. 

Futbolchi bu yerda o'z formasini ushlab turadi va yangi mavsumga tayyorlanadi. Unga bazada yashash huquqi ham berilgan. Ayni paytda Kravchuk mehmonxonada yashamoqda. 

"Torpedo"dan ketish aniq qaror edi. O'zim juda noqulay his qilayotgandim. Ukrainada qolganimda esa meni tushuna olishmasdi. 

Bo'layotgan ishlarga ishona olmayapman. XXI asr, Yevropa markazi. So'z bilan tasvirlash qiyin", - dedi Kravchuk. 


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: Daily Mail