Rossiya futbolida katta mojaro. Klub rahbari 15 yilga qamalishi mumkin

Khoja
20 iyun 2025
“Torpedo” egasi Leonid Sobolev va klub direktori Valeriy Skorodumov 15 yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin (Jinoyat kodeksining 291-moddasi).

RBK xabariga ko'ra, ularga nisbatan jinoiy ish ochilgan. Ular klub foydasiga qaror chiqarish uchun hakamlardan biriga pora berishga uringanlikda gumon qilinmoqda.

18-iyun, chorshanba kuni Sobolev va Skorodumovlarning ofislari va yashash joylarida tintuvlar o'tkazildi. Payshanba kuni ular tergov harakatlari uchun policiya bo'limiga olib ketilgan.

Eslatib o'tamiz, Birinchi liganing o'tgan mavsumida “Torpedo“ 2-o'rinni egallab, RPLga qaytgandi.


KhojaMuallif
Manba: championat.com